Sport kurashlari bo`yicha kattalar o`rtasidagi qit`a birinchiligi Mo`g`uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida bo`lib o`tdi. Bu haqda Sputnik O`zbekiston xabar berdi.
Jalgasbay Berdimuratov va Rustam Assakalov yunon-rum kurashi bo`yicha kumush medalni O`zbekiston terma jamoasiga taqdim etishdi.
Jasurbek Ortiqboev, Muhammadqodir Rasulov, Mo`minjon Abdullaev, Jasmina Immaeva, Abbos Rahmonov va Bobur Islomovlar esa “bronza” bilan kifoyalanishdi.






