Ispaniya La Ligasi 21-turidan o`rin olgan qoldirilgan o`yinda "Barselona" o`z maydonida "Rayo Valekano"ga yutqazib qo`ydi.
Uchrashuvning 7-daqiqasida Garsiya tomonidan kiritilgan yagona gol bahs taqdirini hal qildi.
Shu tariqa, "Barselona" o`z maydonida ketma-ket uchta uchrashuvda imkoniyatni boy berib qo`ydi.
"Barselona" – "Rayo Valekano" 0:1
Gol: 0:1 – 7 Garsiya.






