1

O`zbekistonda “Lazgi” xalqaro raqs festivali bo`lib o`tadi

Madaniyat 25.04.2022, 08:48
O`zbekistonda “Lazgi” xalqaro raqs festivali bo`lib o`tadi

25-30 aprel kunlari Xorazm viloyatining Xiva shahrida “Lazgi” xalqaro raqs festivali bo`lib o`tadi. Bu haqda Turizm vamadaniy meros agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

 Yorqin tadbir  UNESCO,  Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi va boshqa idoralar hamkorligida tashkil etilmoqda. Tadbirda 30 dan ortiq davlatdan mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Festival doirasida raqs san`atiga bag`ishlangan ko`rgazma pavilyonlari, milliy cholg`u asboblari va liboslari, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san`at asarlari, haykaltaroshlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video disklar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi hamda, ularni Ichan-qal`a majmuasi hududida savdo qilish tashkil etildi.

Eslatib o`tamiz, “Lazgi” xorazm raqsi O`zbekiston madaniy merosining elementi sifatida Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro`yxatiga kiritilgan. Bu haqdagi qaror 2019 yil 12 dekabr kuni UNESCOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo`yicha hukumatlararo qo`mitasining 14-sessiyasida qabul qilingan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1