AsosiySport

O`zbek sportchilari Osiyo chempionatini 8ta medal bilan yakunladi

'O`zbek sportchilari Osiyo chempionatini 8ta medal bilan yakunladi'ning rasmi

Mo`g`uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida sport kurashlari bo`yicha kattalar o`rtasidagi Osiyo chempionati o`z nihoyasiga etdi, deya xabar bermoqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati. 

Ma`lum qilinishicha, so`nggi kun dasturida erkin kurash ustalari g`oliblik uchun bahs olib bordilar. Bugun gilamga chiqqan 5 nafar o`zbekistonlik kurashchilardan 4 nafari bronza medali uchun kurashdi.

Murosasiz kechgan bellashuvlarda Bobur Islomov (-86 kg) bronza medaliga sazovor bo`ldi.

Biroq, Rio-2016 Olimpiadasi sovrindori Ixtiyor Navro`zov (-74 kg), shuningdek, Ajiniyaz Saparniyazov (-92 kg) va Sardorbek Xolmatov (-125 kg) raqiblariga imkoniyatni boy berib qo`ydi.

Bronza medali uchun bahslar:

-74 kg: Ixtiyor Navro`zov – Islambek Orozbekov (Qirg`iziston) 0:11

-86 kg: Bobur Islomov – Sayakbai Usupov (Qirg`iziston) 6:5

-92 kg: Ajiniyaz Saparniyazov – Viki Viki (Hindiston) 3:5

-125 kg: Sardorbek Xolmatov – Batmagnai Enxtuvshin (Mo`g`uliston) 12:15

Shu tariqa, O`zbekiston terma jamoasi mazkur Osiyo chempionatini 2 ta kumush va 6 ta bronza medallari bilan yakunladi.

Musobaqada shohsupaga ko`tarilgan sportchilar:

Kumush medal:

-87 kg: Jalgasbay Berdimuratov (yunon-rum kurashi)

-97 kg: Rustam Assakalov (yunon-rum kurashi)

Bronza medal:

-55 kg: Jasurbek Ortiqboev (yunon-rum kurashi)

-82 kg: Muhammadqodir Rasulov (yunon-rum kurashi)

-130 kg: Mo`minjon Abdullaev (yunon-rum kurashi)

-50 kg: Jasmina Immaeva (ayollar kurashi)

-65 kg: Abbos Rahmonov (erkin kurash)

-86 kg: Bobur Islomov (erkin kurash)

    Boshqa yangiliklar