AsosiyDunyo

Turkiyada samolyot uylar orasiga quladi

'Turkiyada samolyot uylar orasiga quladi'ning rasmi

Bugun, 25 aprel kuni Turkiyaning Bursa viloyatidagi Yunuseli aeroporti yaqinidagi aholi yashash punktiga bir motorli mashg`ulot samolyoti qulab tushdi va yona boshladi. Halokat oqibatida ikki uchuvchi halok bo`ldi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, taxminan soat 15:05 atrofida Osmangazi tumanida bitta samolyot uylar o`rtasiga qulab tushgan. Samolyot qulagan joyda yong`in chiqqan. O`t o`chirish guruhlari aralashuvidan so`ng, yong`in qisqa vaqtda bartaraf etilgan.

Bursa gubernatori Yakup Janbolat Osmangazi tumanidagi Yunuseli aeroportiga yaqin hududda bitta motorli samolyotning qulashi bilan bog`liq holatga izoh berdi.

“Biz buni texnik sabablarga ko`ra deb o`ylaymiz, muammo tekshiriladi. Bu fuqarolik o`rgatuvchi samolyot edi. 2 kishi bor edi, uchuvchilarimiz halok bo`ldi. 2 ta uy va 2 ta mashinaga zarar etgan”, deydi u.

    Boshqa yangiliklar