Kazgidromet mutaxasislariga ko`ra, kelayotgan may oyi Qozog`istonning ko`plab hududlarida quruq va issiq kelishi prognoz qilingan. Xususan, Aqtobe, Mangistau, Qizilo`rda hamda Aqmole viloyatdarida qurg`oqchilikning o`rtacha darajasi qayd etilishi mumkin.
Undan tashqari, kelayotgan oy Olmaota va Jambil viloyati hududlarida ham kam yog`in va quruq havo kuzatilishi mumkin.






