Shveysariya 2 maydan boshlab pandemiya davrida kiritilgan barcha sayohat cheklovlarini bekor qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Travel Pulse xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, odatiy kirish qoidalari Evropa Ittifoqidan tashrif buyuruvchilarga ham, uchinchi mamlakatlardan keluvchilarga ham tegishli bo`ladi
Cheklovlarni olib tashlash Shveysariyada koronavirus yuqtirganlar sonining kamayishi, emlangan fuqarolarning ko`paygani va turizm sanoatini tiklash zarurati sabab bo`lgan.






