AsosiyDunyo

Oq uy Trampning Twitter'ga qaytishi mumkinligidan xavotirda

'Oq uy Trampning Twitter'ga qaytishi mumkinligidan xavotirda'ning rasmi

Ilon Maskning Twitter'ni xarid qilishi Donald Trampning ijtimoiy tarmoqqa qaytishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Oq uydagi ayrim manbalariga tayanib, CNBC telekanali xabar berdi, deya yozmoqda "Zamon"nashri.

Unga ko`ra, AQSh prezidenti administrasiyasida yuqoridagi masala bo`yicha xavotirlar bor. Shuningdek, Oq uy endilikda tarmoqda yolg`on axborot ko`payib ketishidan ham xavfsiramoqda. Bu o`z navbatida 2022 yilning kuzidagi AQSh Kongressi uchun oraliq saylovlar va 2024 yilgi prezident saylovlarida demokratlar partiyasi pozisiyasining zaiflashuviga olib kelishi mumkin.

Tramp o`z navbatida Twitter'ga qaytmasligini o`zi asos solgan Truth Social ijtimoiy tarmog`ida qolishini ma`lum qildi. 2021 yil 6 yanvar kuni sobiq prezidentning Twitter va Facebook'dagi sahifalari bloklab qo`yilgandi.

Eslatib o`tamiz, kecha, 25 aprel kuni Ilon Mask Twitter'ni 44 milliard dollarga sotib oldi.

    Boshqa yangiliklar