Toshkent shahrida xorijiy turistlarni kamida 3 kun olib qolish va “1 ming dollarlik xizmatlar paketi”ni taqdim qilish bo`yicha alohida dasturni amalga oshirish vazifasi qo`yildi. Bu orqali poytaxtda qo`shimcha 1 million sayyohni jalb qilish imkoniyati bor. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Toshkent shahri hokimiga poytaxtda:
- yil davomida ishlaydigan zamonaviy akvapark, attraksion, safari gullar, chiroqlar va boshqa mavzuli parklar;
- tunu-kun ishlaydigan kamida 5 ta gastronomik va savdo ko`chalari;
- restoran va mehmonxonalar, jamoat joylarida jonli ijro konsertlarini yo`lga qo`yish;
- ochiq osmonda shou (dorbozlik, musiqa va raqs dasturlari) va festivallar (gullar, gastronomik, muzqaymoq, opera) tashkil etish ishlarini boshlash bo`yicha topshiriq berildi.
Prezident joriy yilda ichki turizm oqimini kamida 10 millionga etkazishi shartligini ta`kidladi.
Buning uchun tuman, shahar hokimlari oldiga turizm salohiyati yuqori 28 ta tuman va shahar, 135 ta mahalla imkoniyatlaridan to`liq foydalanish, infratuzilma muammolarini hal qilib berish vazifasi qo`yildi.






