1 sentyabrdan boshlab O`zbekiston bo`ylab sayohat qiladiganlarga:
▫️avia, temir yo`l va avtobus chiptalari narxining 15 foizini (aviatransportga 200 ming so`mgacha, temir yo`l va avtobusga 100 ming so`mgacha);
▫️mehmonxona xarajatining 20 foizini (bir kecha uchun – 80 ming so`mgacha);
▫️muzey va boshqa madaniyat ob`ektlariga chipta narxining 50 foizini (bitta ob`ekt uchun – 20 ming so`mgacha) qaytarish tizimi joriy etiladi.
Bayram kunlari va festivallarda qo`shimcha avia, temir yo`l chiptalariga 50 foizgacha chegirmalar joriy qilinadi.






