Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Demak, 1 iyuldan boshlab:
- turizm qishloqlarida mehmon uylari, ovqatlanish va savdo shoxobchalari, ko`ngilochar joylar tashkil etgan tadbirkorlar 3 yil davomida aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada, mol-mulk, er, suv soliqlarini hisoblangan summadan bor yo`g`i 1 foizini to`laydi;
- oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida ushbu qishloqlarda mehmon uylari tashkil etishga 50 million so`mgacha, o`tov lagerlari va eko-uylar majmuasiga 300 million so`mgacha, chodirli lagerlar qurishga 300 million so`mgacha kreditlar beriladi.
Misol uchun, Chiroqchidagi Tarag`ay va Langar qishloqlari aholisi kamida 100 tadan mehmon uylari tashkil etish tashabbusini bildirgan;
- har yili turizm qishloqlarining 200 nafar yoshlari byudjet hisobidan turizm texnikumlarida bepul o`qitiladi.
135 ta ixtisoslashgan mahallada 2,5 mingta loyiha uchun joriy yilda 250 milliard so`m va 50 million dollar ajratiladi.
Mehmon uylari tashkil etish uchun 100 milliard so`m yo`naltiriladi.