Prezident viloyat hokimlariga bir oy muddatda 52 ta ta`mirtalab muzeylarga shaxsan borib, ularning muammolarini hal qilishga ko`rsatma berdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Toshkent shahar hokimiga 1 oktyabrga qadar xorijdan jalb qilingan malakali ekspertlar bilan birga Temuriylar tarixi, O`zbekiston tarixi hamda Tabiat muzeylarining ekspozisiyasini zamon talablariga asosan yangilash bo`yicha ishlarni boshlash topshirildi.
Bu tajriba asosida respublikadagi boshqa muzeylar ham yangilanadi.
Hozirda muzeylardagi 105 ming dona eksponat restavrasiyaga muhtojligi qayd etildi. Yil yakuniga qadar muzey binolarini ta`mirlash hamda ashyolarni restavrasiya qilish uchun muzeylarda 15 ta restavrasiya laboratoriyasini tashkil qilinadi.
Shu bilan birga, muzeylarning ko`rgazma maydonlari kamligi sababli atigi 1 foiz (143 mingta) eksponat namoyishga qo`yilgan.
Bundan tashqari, barchaning ham Saviskiy kabi muzeylarga borish imkoniyati yo`q.
Shu munosabat bilan “San`atni xalqqa yaqinlashtirish” dasturi doirasida hududlarda muzeylarning ko`chma ko`rgazmalari tashkil qilinadi.






