AsosiyJamiyat

Bugun 3 ta viloyatda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi

'Bugun 3 ta viloyatda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida ba`zi joylarda qasqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23-28° bo`ladi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 25-27° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-18° bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar