O`zbekiston Gidrometeorlogiya xizmati shoshilich xabar e`lon qildi. Unga ko`ra, bugun, 27 aprel kuni kutilayotgan kuchli yomg`ir hisobiga Farg`ona vodiysi viloyatlarining tog` oldi va tog`li hududlarida va Qirg`iziston bilan chegaradosh hududlarda sel kelishi mumkin.
Jumladan:
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo`rg`on tumanlarida;
- Farg`ona viloyati: So`x, Farg`ona, Beshariq tumanlarida;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalalquduq, Qo`rg`ontepa, Paxtaobod, Izbosgan, Xojaobod, Marxamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
"Tog` oldi va tog`li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog`li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko`rishlarini so`raymiz", - deyiladi axborot xabarida.






