AsosiyJamiyat

O`quvchilar o`rtasida “Yashil chiroq” musobaqasi o`tkaziladi

'O`quvchilar o`rtasida “Yashil chiroq” musobaqasi o`tkaziladi'ning rasmi

“Ta`lim muassasalarida yo`l harakati qoidalari targ`ibotini kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi. 

Qaror bilan Yo`l harakati xavfsizligi xizmatining hududiy boshqarmalarida maktablar bilan hamkorlikda xizmat qiladigan katta inspektor lavozimi joriy etildi (umumiy shtatlar doirasida).

Qarorga ko`ra, maktablarda ko`ngilli yoshlar ishtirokida yo`l harakati qoidalarini faol targ`ib qiluvchi “Yo`l harakati qoidalari yosh targ`ibotchisi” klubi hamda “Yashil chiroq” musobaqasi tashkil etiladi.

 2022 yil 1 sentyabrdan “Yo`l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi” shiori ostida bog`cha tarbiyalanuvchilari va o`quvchilarga yo`llarda, chorrahalarda va piyodalar o`tish joylarida harakatlanish asoslarini amaliy-ko`rgazmali o`rgatish yo`lga qo`yiladi.

Qaror bilan “Yo`l harakati qoidalari yosh targ`ibotchisi” klubini tashkil etish va “Yashil chiroq” musobaqasini o`tkazish tartiblari tasdiqlandi.

 Klubga 9-11-sinf o`quvchilari a`zo bo`lishi mumkin.

“Yashil chiroq” musobaqasi g`oliblari diplom va esdalik sovg`alar bilan taqdirlanadi.

    Boshqa yangiliklar