AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin Ukraina mojarosi ortidan yadro urushi kelib chiqishiga ishonmaydi. Bu haqda u Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytgan, deya yozmoqda "Zamon" nashri.
"Men bunga ishonmayman. Atrofimizdagi xalqaro munosabatlarning barcha ishtirokchilari bunga yo`l qo`ymaslikka harakat qilmoqda. Ukrainani o`zini himoya qilish huquqi bor va biz uni qo`llab-quvvatlashda davom etamiz", — degan vazir.
Ostin Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning yadro urushi ehtimoli haqidagi fikrlarini xavfli deb atagan. Uning so`zlariga ko`ra, bu urushda g`olib bo`lmaydi.
Avvalroq Xitoy TIV uchinchi jahon urushidan manfaatdor emasligini ma`lum qilgandi.






