AsosiyJamiyat

Toshkentda elektromobillar sotuvidan tushgan 1,8 mlrdni rahbar o`rinbosari past narxlarda ko`rsatish orqali talon-toroj qildi

'Toshkentda elektromobillar sotuvidan tushgan 1,8 mlrdni rahbar o`rinbosari past narxlarda ko`rsatish orqali talon-toroj qildi'ning rasmi

Mirzo Ulug`bek va Qibray tumanlarida tadbirkorlarning juda ko`p miqdorda mulkini o`zlashtirgan o`rinbosar va bosh hisobchi aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug`bek tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “F.E.” MChJ rahbari o`rinbosari R.J. va boshqalar MChJ tomonidan chet davlatlardan olib kelingan elektromobillarni sotuvidan tushgan 1,8 mlrd so`mni xaridorlar bilan tuzilgan shartnomalarning ikkinchi nusxasida past narxlarda ko`rsatish orqali talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Qibray tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “W.E.” MChJ bosh hisobchisi lavozimida ishlagan I.M. MChJ rahbarining imzosini soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali MChJdan ishdan bo`shagan 6 nafar va 1 nafar umuman ishlamagan fuqaroning plastik kartalariga 125,1 mln so`m hamda bosh direktorning imzosini soxtalashtirib 273,2 mln so`mni o`zining plastik kartasiga o`tkazib olib, o`zlashtirganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar