“Uralskie avialinii” aviakompaniyasi MDH mamlakatlariga parvozlarni to`xtatib turish muddatini, shu jumladan, 29-oktyabrgacha uzaytirdi, deyiladi aviakompaniya saytida.
Shu tariqa Qozog`iston, Ozarbayjon, Armaniston va O`zbekistonga barcha reyslar bekor qilindi.
E`londa aytilishicha, kompaniya "Evropa davlatlari havo kengliklari yopilganligi" sababli parvozlarni bekor qilmoqda. Boshqa tushuntirishlar berilmagan.
Aprel oyida Evropa Komissiyasi Rossiyaning 20 aviakompaniyasini, jumladan, "Uralskie avialinii" aviakompaniyasini havo xavfsizligi bo`yicha qora ro`yxatga kiritdi. Bunday qaror kompaniyalar samolyotlarining “xalqaro xavfsizlik standartlari”ga javob bermasligi sababli qabul qilingan.






