Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Ma`lum qilishicha, qonunchilikka ko`ra, har yili hokim yordamchilari yozma tavsiyanomasiga asosan:
- boquvchisi xorijga mehnat migrasiyasiga chiqib ketgan va “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro`yxatda bo`lgan oilalarga BHMning 2 baravari (540 ming so`m) miqdorida bir martalik moddiy yordam ko`rsatiladi;
- mehnat migrasiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro`yxatda bo`lgan yoki “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan, nogironligi bo`lgan oila a`zolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1 mln 350 ming so`m) miqdorida bir martalik moddiy yordam ko`rsatiladi;
- mehnat migrasiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning O`zbekistonda ular bilan birga yashovchi pensiya yoshiga etgan yoki I va II guruh nogironligi bo`lgan oila a`zolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yo`llanma beriladi.
- ️ Shuningdek, mahallalardagi yoshlar etakchilarining yozma tavsiyanomasiga asosan “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro`yxatda bo`lgan yoki “daftarlar”dan biriga kiritilgan hamda mehnat migrasiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning bolalariga mavsumiy faoliyat yuritadigan oromgohlarga bepul yo`llanmalar beriladi.






