Prezident huzurida qishloq xo`jaligida xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarning borishi hamda ta`lim sifatini yaxshilash masalalari muhokama qilinmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati yozmoqda.
So`nggi besh yilda sohaga 2,5 milliard dollar xorijiy resurslar jalb qilindi. Shundan, 1,7 milliard dollar o`zlashtirilib, 4 mingga yaqin loyiha amalga oshirildi.
Buning hisobiga 2,5 ming gektar zamonaviy issiqxonalar, 11 ming gektar intensiv bog`lar, 6 ta ko`chatchilik xo`jaligi va 350 ming tonnali muzlatkichli omborxonalar tashkil etildi.
Bugungi kunda, sohada 810 million dollar o`zlashtiriladigan mablag` mavjud.
Davlatimiz rahbari ushbu mablag`lar hisobiga qilinishi lozim bo`lgan ishlarni belgilab berdi.






