AsosiyJamiyat

Qishloq xo`jaligi korxonalariga qarz beriladi

'Qishloq xo`jaligi korxonalariga qarz beriladi'ning rasmi

“Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtirish xarajatlarini moliyalashtirish va ularni xarid qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori QP qabul qilindi

Qaror bilan Bog`dorchilik va issiqxona xo`jaligini rivojlantirish jamg`armasiga 12 oy muddatga, 11 oylik imtiyozli davr bilan 300 milliard so`m byudjet ssudasi yillik 10 foiz stavkada ajratildi.

Byudjet ssudasi hisobidan:

▫️qishloq xo`jaligi korxonalariga – meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko`katlar va dorivor o`simliklar, makkajo`xori doni, dukkakli va moyli ekinlarni etishtirish uchun moddiy-texnik resurslar, urug`lik va ko`chat etkazib berish, xizmatlar ko`rsatish uchun;

▫️qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga, “Agroservis operator” DUKga – ekinlarni xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablag`larini to`ldirish uchun yillik 14 foizda qarz beriladi.

“Agroservis operator” DUK tomonidan qishloq xo`jaligi ekinlari etishtirish uchun zarur bo`lgan moddiy-texnik resurslar etkazib berish, qarz shartnomasi asosida qishloq xo`jaligi ekinlarining vegetasiya davridan ortiq bo`lmagan muddatga yillik 14 foizda amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar