Yig`ilishda Qishloq xo`jaligi vazirligiga yil yakuniga qadar 400 million dollarlik loyihalarni boshlash topshirildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati yozmoqda.
Bugungi kunda 580 ta yangi loyiha ishlab chiqilgan bo`lib, kreditlar qisqa muddatga berilishi bois ularni amalga oshirish kechikmoqda. Shu munosabat bilan:
- vazirlikka loyihalarni ishga tushirib, lizing asosida sotish vakolati beriladi.
- Bog`dorchilik agentligiga 1 mayga qadar 20 million dollar, natijaga qarab, yil yakuniga qadar yana 45 million dollar ajratiladi;
- buning hisobiga joriy yilda 6 ta viloyatda 1,8 ming gektarda intensiv bog` va tokzorlar barpo etilib, tadbirkorlarga kamida 7 yil muddatga lizingga beriladi.
- 1 maydan bog` va tokzorlar barpo etish uchun kreditlar tadbirkorlarga kamida 10 yil muddatga ajratiladi;
- yil yakuniga qadar xususiy sektor bilan birga jami 115 ming tonnali 17 ta kichik agrologistika markazini ishga tushiriladi. Ular “tayyor holda” 5 yillik imtiyozli davr bilan kamida 10 yilga lizing asosida sotiladi.






