O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan Tashqi ishlar vazirligida o`zgarishlar amalga oshirildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
- Norov Vladimir Imamovich O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi, uning zimmasiga O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajarish yuklatildi;
- O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri lavozimini egallab kelgan Kamilov Abdulaziz Hafizovich O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.






