Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Gebreyesusning aytishicha, dunyoda koronavirus tufayli qayd etilgan o`limlar soni 2020 yil martidan beri eng past darajaga etdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
“Xabar qilingan infeksiyalar va o`limlar soni global miqyosda kamayishda davom etmoqda, bu juda quvonarli va yaxshi yangilik. O`tgan haftada JSSTga salkam 15 000 dan ortiq o`lim haqida xabar berildi, bu 2020 yil martidan beri eng past haftalik ko`rsatkich”, dedi u.
Biroq u ehtiyotkorlik bilan harakat qilish va e`tiborli bo`liga chaqirgan.






