AsosiyJamiyat

Samarqandda maktab er maydonini 10,4 ming dollarga sotgan firibgar ushlandi

'Samarqandda maktab er maydonini 10,4 ming dollarga sotgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jomboy tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruv o`tkazdi. 

Unda fuqaro M.S. fuqaro A.ga o`zini huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi sifatida tanishtirib, unga tumandagi 14-sonli maktab balansida bo`lgan er maydonining 3 sotixini tanishlari yordamida olib berish evaziga 10 400 AQSh dollarini qo`lga kiritib, ushbu mablag` evaziga “Gentra” rusumli avtotransport vositasini sotib olib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadini legallashtirganligi aniqlangan.

Tekshiruv davomida, M.S.ning o`z aybiga iqror bo`lib, 500 AQSh dollari va 13,6 mln so`mni qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28,211-moddasi (pora berish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar