Rossiya hukumati yangi sxema bo`yicha to`lovdan bosh tortgani uchun Evropa Ittifoqi mamlakatlariga gaz etkazib berishni to`xtatish imkoniyatini ko`rib chiqmoqda. Bu haqda Rossiya Federasiyasi prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma`lum qildi, deya xabar bermoqda "Zamon" nashri.
“To`lov muddati yaqinlashar ekan, ayrim iste`molchilar yangi tizim bo`yicha to`lovni amalga oshirishdan bosh tortsa, Prezident qarori amalga oshiriladi”, —degan u.
Bugun “Gazprom” Bolgariya va Polshaga gaz etkazib berishni rublda to`lamaganligi sababli to`liq to`xtatganini ma`lum qildi.
Evropa Ittifoqida “Gazprom”ning xatti-harakatlari shantaj deb atalgan va ularga javob berishni va`da qilgan.






