Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan ma`lumotlarga ko`ra, bitiruvchilarning o`z sohasiga mos bakalavriat ta`lim yo`nalishlari ro`yxati tasdiqlandi.
Ushbu ro`yxat orqali texnikum bitiruvchilari oliy ta`lim muassasalarining qaysi bakalavriat ta`lim yo`nalishlarida o`qishni davom ettirishlari mumkinligini bilish mumkin.
Ma`lumot uchun, 2022/2023 o`quv yili qabulidan boshlab texnikumlarda o`rta maxsus professional ta`lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar mos bakalavriat ta`lim yo`nalishlari bo`yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta`lim muassasalarida 2-bosqichdan o`qishini davom ettirish huquqiga ega.






