AsosiyJamiyat

Senatorlar “Inson a`zolari va to`qimalarining transplantasiyasi to`g`risida”gi Qonunni ma`qullashdi

'Senatorlar “Inson a`zolari va to`qimalarining transplantasiyasi to`g`risida”gi Qonunni ma`qullashdi'ning rasmi

Oliy Majlis Senatining 25-yalpi majlisida davlat rahbari tomonidan  bildirilgan takliflar asosida takomilashtirilgan “Inson a`zolari va to`qimalari to`g`risida”gi Qonun muhokama qilindi. Bu haqda Senat Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Takidlanishicha, bildirilgan takliflar asosida senatorlar tomonidan tegishli vazirlik va idoralar hamda mahalliy kengashlarning doimiy komissiyalari bilan birgalikda Qonunning samarali ijrosini ta`minlash bo`yicha “Yo`l xaritasi” ishlab chiqilgan.

“Yo`l xaritasi”da transplantasiya jarayonlarini sifatli amalga oshirilishi uchun zarur bo`lgan qonunosti hujjatlarni ishlab chiqish, ushbu xizmatni aholiga yaqinlashtirish va barcha hududlarda buyrak transplantasiyasi amaliyotini yo`lga qo`yish, tegishli davlat tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash hamda yuqori malakali tibbiyot kadrlarni tayyorlash kabi yo`nalishlar qamrab olingan.

Qonun qabul qilingandan so`ng “Yo`l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosi senatorlar tomonidan joylarda doimiy ravishda nazorat etib boriladi.

Mazkur Qonun qabul qilinishi bilan sohaning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirishga, aholining huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy himoyasiga qaratilgan davlat siyosatini amaldagi qonunchilik asoslari bilan to`ldirishga imkoniyat yaratiladi.

Shuningdek, Qonun kasallanish va inson a`zolaridagi qaytarib bo`lmaydigan jarayonlar tufayli o`limga olib keluvchi holatlarni qisqartirishga xizmat qiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma`qullandi.

    Boshqa yangiliklar