AsosiyJamiyat

Asaka tuman hokimligining bosh yuristkonsulti pora bilan qo`lga olindi

'Asaka tuman hokimligining bosh yuristkonsulti pora bilan qo`lga olindi'ning rasmi

O`tkazilgan tezkor tadbirda Asaka tumani hokimligining bosh yuristkonsulti X.Q. tovlamachilik yo`li bilan fuqarodan 1000 AQSh dollari olayotganda qo`lga olindi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar bermoqda.

U “A” fermer xo`jaligi ish yurituvchisining ishonchiga kirib, ushbu xo`jalikning ixtiyoriga berilgan 20,2 gektar er maydoni bo`yicha “B” fermer xo`jaligi o`rtasidagi Andijon tumanlararo ma`muriy sudida apellyasiya tartibida ko`rilayotgan ishni viloyat sudida ishlovchi tanishlari yordamida 1500 AQSh dollari evaziga “A” fermer xo`jaligining foydasiga hal qilib berishni va`da qilgan.

Holat yuzasidan Departament tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar