AsosiyJamiyat

Sirdaryodagi kanalda 17 yoshli yigit cho`kib ketgani aytilmoqda. Qidiruv ishlari olib borilmoqda

'Sirdaryodagi kanalda 17 yoshli yigit cho`kib ketgani aytilmoqda. Qidiruv ishlari olib borilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Yangier shahar hududidan oqib o`tuvchi "Sarkisov" kanalida 17 yoshli o`spirin yigit cho`kib ketganligi, hodisa yuzasidan FVB qidiruv ishlarini olib borayotganligi xaqida xabarlar tarqaldi. Sirdaryo viloyati FVB holat yuzasidan rasmiy ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 26 aprel kuni Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Yangier shahar "Fazilat" MFY hududidan oqib o`tuvchi "Janubiy Mirzacho`l" kanalida, 17 yoshli fuqaro O`.Sning belgilanmagan joyida cho`milayotgan vaqtida cho`kib ketganligi ma`lum bo`lgan.

Voqea joyiga darhol viloyat FVB Yong`in-qutqaruv otryadi g`avvos-qutqaruvchilari etib borgan va hozirda qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birgalikda, viloyat FVB va IIB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tafsilotlar bo`yicha qo`shimcha axborot beriladi.

"Shu o`rinda barcha fuqarolarimizdan yoz mavsumida belgilanmagan joylarda cho`milmasliklarini va xavfsizlik talablariga qat`iy rioya qilishlarini so`rab qolgan bo`lardik", - deyiladi Sirdaryo viloyati FVB xabarida.

    Boshqa yangiliklar