Birozdan so`ng Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig`ilishi boshlanadi. Bu haqda davlat rahbarining Matbuot kotibi xabar berdi.
Unda nuroniylar, pensionerlar, nogironligi bo`lgan shaxslar va aholining boshqa toifalarini moddiy qo`llab-quvvatlash va ularga ijtimoiy xizmatlar ko`rsatishni kengaytirishga qaratilgan qator muhim vazifalar belgilanishi kutilmoqda.






