Prezident raisligida o`tkazilayotgan yig`ilishda keksa yoshdagi hamda ehtiyojmand aholini moddiy qo`llab-quvvatlash ishlari davom ettirilishi ta`kidlandi.
Bugun Prezident pensiya va nafaqalarni 1 maydan 12 foizga oshirish to`g`risida farmonni imzoladi. Shuningdek:
- eng kam pensiya oladigan 725 ming nafar aholining pensiyasi 14 foizga oshiriladi (440 ming so`mdan 500 ming so`mga);
- 9 may arafasida urush qatnashchilari, konslagerlar mahbuslari va Leningrad qamalida bo`lgan fuqarolarga 15 million so`mdan beriladi.
Mutasaddilarga:
- yolg`iz yashayotgan va o`zgalar parvarishiga muhtoj odamlardan shaxsan xabar olib, ularga sovg`a-salomlarni etkazish;
- urush qatnashchilari, konslagerlar mahbuslari va Leningrad qamalida bo`lgan fuqarolarning har birining xonadoniga shaxsan borib, pul mukofoti va qimmatbaho sovg`alarni tantanali ravishda topshirish;
- 10 ming nafar front ortida mehnat qilgan faxriylar bilan shaxsan uchrashib, holidan xabar olish va sovg`a-salomlar etkazish topshirildi.






