AsosiyJamiyat

1 iyundan boshlab urush qatnashchilari va nogironligi pensiya va nafaqalariga 270 ming so`m miqdorida ustama tayinlanadi – Prezident

'1 iyundan boshlab urush qatnashchilari va nogironligi pensiya va nafaqalariga 270 ming so`m miqdorida ustama tayinlanadi – Prezident'ning rasmi

Bu haqda ayni damda Prezident raisligida o`tkazilayotgan yig`ilishda ma`lum qilidi.

1 iyundan boshlab urush qatnashchilari va nogironligi bo`lgan shaxslar, yolg`iz keksalarga har oyda oziq-ovqat va gigiena vositalari xaridi uchun ularning pensiya va nafaqalariga 270 ming so`m miqdorida ustama tayinlanadi.  

Bundan tashqari, ularga kiyim-kechak xaridi uchun har yili 4 million so`mdan kompensasiya to`lash tartibini joriy etiladi.

Bunga qo`shimcha ravishda, viloyat, tuman va shahar hokimlariga mahalliy byudjetlar, “daftarlar” jamg`armalari va “Saxovat va ko`mak” jamg`armasi mablag`lari hisobidan bu savobli ishlarning qamrovini kengaytirish topshirildi.

Prezident nogironligi bo`lgan ehtiyojmand aholini qo`llab-quvvatlash tizimi yanada kengaytirilishini ta`kidladi. Jumladan:  

  •  1 maydan boshlab nogironligi bo`lgan fuqarolarni ishga olgan korxonalarga 6 oy davomida har bir bunday xodimi uchun 400 ming so`mdan subsidiya beriladi;
  •  o`zini o`zi band qilgan va hunarmandchilik bilan shug`ullanadigan nogironligi bo`lgan shaxslarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilishga subsidiya ajratiladi, ular kasb-hunarlarga davlat hisobidan o`qitiladi.

    Boshqa yangiliklar