AsosiyJamiyat

O`zbekistonga Erondan juda issiq, Volga bo`yidan salqin havo massalari kirib keladi

'O`zbekistonga Erondan juda issiq, Volga bo`yidan salqin havo massalari kirib keladi'ning rasmi

"O`zgidromet" markazi O`zbekiston bo`yicha 29 apreldan 4 mayga qadar kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berdi.

Unga ko`ra, bugun va ertaga O`zbekiston hududining katta qismida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Faqat Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarida bugun kunduz kuni, Toshkent viloyati va Farg`ona vodiysida ba`zi joylarda ertaga kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.

1-2 mayda respublika hududiga Eron hududlaridan may oyining boshi uchun ancha juda issiq bo`lgan havo kirib kelishi kuchayadi. Kunduz kunlari havo 32-34° gacha, respublika janubida 36-39° gacha isiydi. Bunday harorat foni meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun ushbu davrning eng yuqori haroratidan faqat 2-3° ga past bo`ladi. Shu kunlarda faqat respublikaning shimoli-g`arbiy hududlarida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin. Qolgan hududlarda quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo`lishi kutilmoqda.

3-4 mayda O`zbekiston hududiga Volga bo`yi hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massalari kirib keladi. Respublika bo`yicha vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarda shmol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 3 mayda ba`zi joylarda chang to`zonlari kuzatilishi mumkin. Kunduzi havo harorati 22-25° gacha pasayadi.

 

    Boshqa yangiliklar