AsosiyJamiyat

Ramazon hayiti arafasida prezident 65 nafar fuqaroni afv etish bo`yicha farmonni imzoladi

'Ramazon hayiti arafasida prezident 65 nafar fuqaroni afv etish bo`yicha farmonni imzoladi'ning rasmi

“Ramazon oyi – saxiylik, mehr-oqibat va bag`rikenglik oyidir. Bu qutlug` ayyomda mehr-shafqatli, kechirimli bo`lish hammamiz uchun ham farz, ham qarz”, dedi davlatimiz rahbari. Bu haqda Prezident matbuot xizmati yozmoqda.

Shu munosabat bilan, Ramazon hayiti arafasida Prezident adashib jinoyatga qo`l urgan, lekin aybini chuqur anglab, tuzalish yo`liga qat`iy o`tgan 65 nafar fuqaroni afv etish bo`yicha farmonni imzoladi.

Mutasaddilarga ushbu fuqarolar bayramni o`z uyida, yaqinlari bag`rida kutib olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish bo`yicha topshiriq berildi.

Shu bilan birga, viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari oldiga bayram yuqori saviyada o`tishini ta`minlash vazifasi qo`yildi.

“Ulug` mutafakkir Mir Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, odamlarning dardiga darmon bo`lish – insoniylikning oliy namunasi ekanini unutmasligimiz, bunday ezgu ish uslubi bizning nafaqat xizmat vazifamiz, shu bilan birga, vijdoniy burchimizga aylanishi kerak”, dedi Prezident so`zining yakunida.

    Boshqa yangiliklar