AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda 27 yoshli erkak yashash uyining molxonasida o`zini osdi

'Qashqadaryoda 27 yoshli erkak yashash uyining molxonasida o`zini osdi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Koson tumani «Tinchlik» mahallasida yashovchi 27 yoshli erkak o`z joniga qasd qildi. Bu haqda "Nasafnews" xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha, voqea  24 aprel kuni sodir bo`lgan. 1995 yilda tug`ilgan A.Y. o`z yashash uyining molxonasiga arqon bilan o`zini osib, voqea joyida vafot etgan.

Marhumning otasi E. Bning aytishicha, shu kuni o`g`li qaynotasi tomonidan olib ketilgan va ular o`rtasida janjal yuzaga kelgan. U o`g`lining o`limiga shu janjal sabab bo`lganini iddao qilmoqda.

Holat yuzasidan ayni paytda Koson tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar