Boshqirdiston rahbari Radiy Xabirov O`zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Manba bergan ma`lumotga ko`ra, Radiy Xabirovning tashrifi joriy yilning 17-19 may kunlariga mo`ljallangan. u tarkibiga 50 dan ortiq korxona vakillari kiruvchi delegasiyaga rahbarlik qiladi.
Tashrif doirasida O`zbekiston rahbariyati, shuningdek, turli idora va birlashmalar vakillari bilan uchrashuvlar o`tkaziladi.
Mehmonlar Boshqirdistonning eksport va sarmoyaviy salohiyatining katta taqdimotini o`tkazadi, Nukus va Samarqandga tashrif buyuradi.






