Afg`oniston poytaxti Qobuldagi Halifa Sohib masjidida namoz o`qilayotgan vaqtda portlash sodir bo`lgan. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, portlash oqibatida 50 kishi halok bo`lgan va jarohatlanganlar ko`pchilikni tashkil qilmoqda.
Avvalroq portlash natijasida 10 kishi halok bo`lgani hamda 15 kishi turli darajada tan jarohati olgani aytilgandi.
“Qobuldagi masjidda juma namozidan keyin ro`y bergan kuchli portlashda 50 dan ortiq namozxon halok bo`ldi”, — deya xabar bermoqda agentlik masjid rahbariga tayanib.






