Ukraina prezidenti xavfsizlik kafolati shartlarini ochiqladi, deya yozmoqda "Zamon"nashri.
"Men bizga xavfsizlik kafolati kerakligini va biz aynan o`zimiz uchun zarur narsani so`rayotganimni bilaman. Eng muhimi — bu odamlar va muddatlar. Fikrimcha, xavfsizligimiz kafolati "odamlar — soatlar" formulasiga asoslanishi kerak", — degan u.
Zelenskiyning so`zlariga ko`ra, mamlakat xavfsizligiga tahdid tug`ilgan taqdirda, Kafolatchi davlatlar birinchi kuni qaror qabul qiladi, keyingi kunlari o`z askarlarini jo`natadi.
"Bu biz uchun tez yordamga teng", — deb qo`shimcha qilgan Ukraina etakchisi.
Avvalroq BMT bosh kotibi Kievda turgan paytda Rossiya shaharga raketa zarbalari bergani to`g`risida xabar berilgandi.






