Ramazon hayiti bayrami nishonlanishi munosabati bilan poytaxtda vaqtincha, 1 may soat 24.00 dan 2 may 7.00 ga qadar qator ko`chalarda transport vositalari harakati to`xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unga ko`ra:
Olmazor tumani:
1) “Imom Buxoriy” masjidi oldidagi Chimboy ko`chasi – Farobiy – Chimboy ko`chalari chorrahasidan Chimboy – KXAY chorrahasigacha.
2) "Hazrati imom" masjidi oldidagi Qorasaroy ko`chasi – Qorasaroy – Qodiriy ko`chalari chorrahasidan Qorasaroy – Nurafshon ko`chalari chorrahasigacha
Shayxontoxur tumani:
“Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Uyg`ur ko`chasi – Nurafshon – Uyg`ur ko`chalari chorrahasidan Uyg`ur – Beshqayrag`och ko`chalari chorrahasigacha.
“Kox-ota” masjidi oldidagi Sebzor ko`chasi – Nurafshon – Sebzor ko`chalari chorrahasidan Nurafshon – Labzak ko`chalari chorrahasigacha.
Chilonzor tumani:
1) “Ubay ibn Ka`b” Al-Xorazmiy masjidi oldidagi Al-Xorazmiy ko`chasi – Al Xorazmiy – Xirmontepa ko`chalari chorrahasidan Al Xorazmiy – Katta qani chorraxasigacha.
2) "Katta Qozirabod" masjidi oldidagi Chilonzor ko`chasi – Chilonzor – Cho`ponota ko`chalari chorrahasidan Chilonzor – Nurxon chorrahasigacha.
3) “Shayx” masjidi oldidagi So`galli ota ko`chasi – Al-Xorazmiy – So`galli ota ko`chalari kesishmasidan Xonabod 2-berk ko`chasidan – So`galli ota ko`chasigacha.
Uchtepa tumani:
1) “Abdullox ibn ma`sud” masjidi oldidagi Lutfiy ko`chasi – Lutfiy – Xirmontepa ko`chalari chorrahasidan Lutfiy – Katta qani ko`chalari chorrahasigacha.
2) “Hazrati umar” masjidi oldidagi Nazarbek ko`chasi – Nazarbek – Yu.Sakkokiy ko`chalari chorrahasidan Nazarbek –Uyg`ur chorraxasigacha.
Yunusobod tumani:
1) “Minor” masjidi oldidagi KXAY ko`chasi – KXAY va Ko`rgazma ko`chalari chorrahasidan KXAY –Sh.Rashidov ko`chalari chorrahasigacha.
2) “Mirzo Yusup” masjidi oldidagi Bog`ishamol ko`chasi – A.Temur – Bog`ishamol ko`chasidan Bog`ishamol – Bodomzor chorrahasigacha.
Yakkasaroy tumani:
“Usmon bin Mag`zun” masjidi oldidagi KXAY ko`chasi – KXAY – Qushbegi chorrahasidan KXAY – Cho`lponota chorrahasigacha.
Yashnobod tumani:
“Islom ota” masjidi oldidagi Farg`ona yo`li ko`chasi – Farg`ona yo`li – Fitrat ko`chalari chorrahasidan Farg`ona yo`li – Tolimarjon ko`chalari chorrahasigacha.
Mirobod tumani:
“Qo`liq ota” masjidi oldidagi TXAY ko`chasi – Qo`yliq bozori ko`prik ostidan TXAY va Munis chorrahasigacha.
Sergeli tumani:
"Kuddus Sharif" masjidi oldidagi Kipchok kuchasi - Yangi Sergeli - Kipchok chorraxasidan Kipchok - Xonobod chorraxasigacha harakat to`xtatiladi.






