AsosiyJamiyat

Pensiya miqdori oshirildi

'Pensiya miqdori oshirildi'ning rasmi

“Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo`llab-quvvatlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi

Farmonga muvofiq, 2022 yil 1 maydan yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo`qotganlik pensiyalari miqdori 12 foizga oshiriladi.

 Shunga ko`ra, O`zbekiston hududida pensiya va nafaqalar miqdori quyidagicha belgilanadi:

▫️pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 324 000 so`m;

▫️yoshga doir eng kam pensiya – oyiga 633 000 so`m;

▫️nogironlik pensiyalari, ish staji to`liq bo`lmagandagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – oyiga 698 000 so`m;

▫️mehnatga layoqatsizlarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo`lganlarga beriladigan nafaqa – oyiga 698 000 so`m;

▫️1941-1945 yillardagi urushda nogiron bo`lgan shaxslar va uning qatnashchilari, fashistlar konslagerlarining voyaga etmagan sobiq mahbuslari va Leningrad qamal qilinganda ishlaganlarning eng kam pensiyasi ustamalarni inobatga olgan holda – oyiga 3 080 000 so`m;

▫️belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (633 000 so`mdan) 698 000 so`mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari miqdori – oyiga 698 000 so`m.

Shuningdek, 2022 yil 1 maydan:

🔹zarur ish stajiga ega bo`lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 500 000 so`m;

🔹ish staji to`liq bo`lmagan chog`dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo`shimcha to`lovni hisobga olgan holda – oyiga 500 000 so`m;

🔹boquvchisini yo`qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a`zosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 500 000 so`m etib belgilanadi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a`zosi uchun – 185 000 so`mdan qo`shiladi;

🔹boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a`zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 500 000 so`m etib belgilanib, keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a`zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to`lanadi.

    Boshqa yangiliklar