Salang viloyatining Tagma tumanida ikkita elektr ustunining portlashi Afg`oniston poytaxti va bir qancha viloyatlaga elektr energiyasini etkazib berishni to`xtatdi. Bu haqda DABS xabar bermoqda.
"Parvonning Salang janubidagi Tagma tumanida kecha tunda ikkita elektr uzatish minorasi vayron bo`ldi. Ushbu hodisa natijasida Kobul va yana 10 ta viloyatda elektr ta`minoti uzilib qoldi", — dedi kompaniya matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, DABS texnik guruhlari voqea joyida bo`lib, zararni imkon qadar tezroq bartaraf etish uchun barcha sa`y-harakatlarni amalga oshirmoqda.
Afg`oniston elektr energiyasini Tojikiston, O`zbekiston va Turkmanistondan import qiladi.
Mamlakatda faoliyat yuritayotgan qurolli guruhlarning hech biri sodir bo`lgan voqea uchun javobgarlikni o`z zimmasiga olmadi.






