Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbirda o`tkazildi.
Unda Guliston davlat universiteti talabasi D.R. fuqaro D.B.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 3 500 AQSh dollari evaziga ushbu universitetga o`qishga kiritish qo`yishni va`da qilib, shundan 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departament hamda DXXning Guliston tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.S. boshqa bir fuqaro S.E.ni Guliston davlat universitetdagi tanishlari orqali ushbu universitetning “Jismoniy tarbiya” fakultetining 2-bosqichidan o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilib, evaziga 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






