AsosiyDunyo

Hindiston va Pokiston aholisi keskin jaziramadan aziyat chekmoqda

'Hindiston va Pokiston aholisi keskin jaziramadan aziyat chekmoqda'ning rasmi

Pokistonning iqlim o`zgarishi bo`yicha vaziri Sherri Rehman hukumatni misli ko`rilmagan jazirama to`lqiniga qarshi turish uchun ehtiyot choralarini ko`rishga chaqirdi. Bu haqda Channel News Asia xabar bermoqda. 

“Janubiy Osiyo, xususan, Hindiston va Pokiston rekord darajadagi jazirama to`lqinlari bilan yuzma-yuz kelmoqda”, deb aytgan Rehman. 

Aprel oyi boshidan beri eng yomon issiqlik to`lqinining davom etayotganiga e`tibor qaratgan.

Pokistonning ba`zi hududlarida jazirama Selsiy bo`yicha 47 darajaga etdi. 

Hindiston Sog`liqni saqlash vazirligining ta`kidlashicha, haddan tashqari issiqlik tufayli sog`liq bilan bog`liq muammolar mamlakat rasmiylarini COVID-19 ning kutilayotgan keyingi to`lqinidan ko`ra ko`proq tashvishga solmoqda.

"Bizga issiq urishi yoki issiqlik bilan bog`liq boshqa kasalliklarga chalingan bemorlar ko`p", dedi Hindiston sog`liqni saqlash tizimi vakili.

Uning ta`kidlashicha, bemorlarning 60-70 foizi maktab yoshidagilardir.

    Boshqa yangiliklar