"Toshkent metropoliteni" DUK tomonidan bayram kunlarida harakat tarkibi qatnovi vaqti quyidagicha tashkil etiladi.
2022-yil 2-may — Ramazon Hayiti bayrami munosabati bilan yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent metropoliteni tonggi soat 04:00 dan kech soat 00:00 ga qadar o`z ish faoliyatini olib boradi.
2022 yil 3 — 4 may kunlari metro yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan 00:00 gacha harakatlanadi.






