AsosiyJamiyat

Ramazon hayiti namozini hududlarda o`qiladigan vaqtlari ma`lum qilindi (ro`yxat)

'Ramazon hayiti namozini hududlarda o`qiladigan vaqtlari ma`lum qilindi (ro`yxat)'ning rasmi

O`zbekiston musulmonlari idorasi 2022 yil Ramazon hayiti (Iydul fitr)ning birinchi kuni 2 may (shavvol oyi 1 kuni) dushanba kuniga to`g`ri kelishi to`g`risidagi qarorni qabul qildi.  Bu haqda idoraning Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Shunga ko`ra 2022 yil 2 may dushanba kuni Ramazon hayiti namozi Toshkent vaqti bilan soat 05:40 da, boshqa viloyatlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o`qiladi.

Ramazon hayiti namozini viloyatlarda  o`qiladigan vaqtlari:

1. Andijon viloyati   05:30

2. Buxoro viloyati   06:00

3. Jizzax viloyati   05:55

4. Navoiy viloyati   06:00

5. Namangan viloyati   05:30

6. Samarqand viloyati  06:00

7. Sirdaryo viloyati   05:50

8. Surxondaryo viloyati   06:00

9. Toshkent viloyati   05:50  

10. Toshkent shahri   05:40

11. Farg`ona viloyati   05:30

12. Xorazm viloyati   06:10

13. Qashqadaryo viloyati   06:00

14. Qoraqolpog`iston Respublikasi   06:20  

 

    Boshqa yangiliklar