Prezident ta`lim muassasalari agentligi tizimidagi “Yangi O`zbekiston” universitetida yangi 2022-2023 o`quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi, Bu haqda agentlik matbuot xizmat xabar bermoqda.
"Yangi O`zbekiston" universiteti 2021 yilning 23 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 5158-sonli qarori bilan tashkil etilgan bo`lib, Prezident maktablarining mantiqiy davomi hisoblanadi.
Oliygohda, AQSh, Germaniya, Misr, Hindiston va Eron kabi davlatlardan kelgan professor-o`qituvchilar dars berishadi. Bu erda talabalar ilk o`quv yilidanoq AQSh, Germaniya, Janubiy Koreya kabi davlatlarning yirik korxonalari va laboratoriyalarida amaliyot o`tash imkoniga egalar.
2022-2023 o`quv yili uchun universitetda quyidagi fakultet va yo`nalishlar uchun jami 300 nafar talaba qabul qilinadi:
Muhandislik fakulteti tarkibida:
- Kimyo muhandisligi,
- Mexanika muhandisligi
- Dasturiy ta`minot muhandisligi
- Nano- va ilg`or materiallar muhandisligi
- Boshqaruv fakulteti tarkibida:
Sanoat boshqaruvi.
Universitetning o`quv reja va dasturlari Massachusets texnologiy instituti hamda Myunxen texnika universiteti bilan birgalikda ishlab chiqiladi.
Universitetga kirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
1. Shaxsini tasdiqlovchi pasport yoki ID karta elektron nusxasi
2. Umumiy o`rta ta`lim to`g`risida shahodatnoma yoki kollej/ lisey diplomi (agar abiturient hali ushbu hujjatni olmagan bo`lsa, o`rta ta`lim muassasasini bitiruvchisi ekanligi haqida ma`lumotnoma)
3. IELTS 5.5 (Sanoat boshqaruvi yo`nalishi uchun 6.0) yoki TOEFL iBT 46 (Sanoat boshqaruvi yo`nalishi uchun 60) va undan yuqori ballni ko`rsatuvchi original sertifikatni elektron nusxasi (ushbu sertifikat haqiqiy ekanligi tekshiriladi)
4. Oxirgi 3 oy ichida olingan 3*4 rasm.
Arizalar 25-apreldan ushbu sayt orqali: https://admissions.newuu.uz/
20-iyunga qadar qabul qilinadi.
Call-markaz: 71 202 41 11