Samarqand viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan Samarqand shahrida o`tkazilgan tezkor tadbir ana shunday rahbarning korrupsion faoliyatini fosh etdi. Bu haqda zarnews.uz xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, "Mikrokreditbank" Samarqand filiali rahbari, 1982 yilda tug`ilgan B.H. Samarqand shahridagi mas`uliyati cheklangan jamiyatga 2 milliard so`m kredit ajratib berish evaziga tadbirkordan 10 ming AQSh dollari miqdorida pora so`ragan.
Tadbirkordan dastavval 4 ming AQSh dollari oladi. So`ralgan pulning qolgan 6 ming dollarini olayotgan vaqtda esa poraxo`r bank rahbari ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.
Hozirda mansabdorga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






