Yurtimizdagi tibbiyot oliy o`quv yurtlari talabalari uchun “Sog`liqni saqlash vaziri stipendiyasi” ta`sis etildi. Bu haqda vazirning tegishli buyrug`i qabul qilindi, deya xabar bermoqda Matbuot xizmati. Unga ko`ra mazkur stipendiya bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan yoshlarga beriladi.
U har bir tibbiyot oliy ta`lim muassasasining 5 nafargacha nomzodiga bir yil mobaynida ajratiladi.
Ushbu stipendiyaga nomzodlarni saralash haqidagi e`lon tanlov o`tkazilishidan kamida 1 oy oldin matbuotda e`lon qilinadi.
Nomzodlar tomonidan arizalar mavjud 11 ta tibbiyot oliy o`quv yurtining “Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat bo`limi”ga taqdim etiladi.
Hujjatlar navbatdagi bosqichda vazirlikning Fan va ta`lim boshqarmasi tomonidan ko`rib chiqilgach, vazir buyrug`i asosida beriladi.
️Stipendiya miqdori Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyasi miqdoriga tenglashtirilgan.
️ Qo`shimcha ma`lumotlar uchun vazirlikning (71) 239-13-72 telefon raqamiga qo`ng`iroq qilishingiz mumkin.






