Joriy yilning 6-8 may kunlari, Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonaning orqa maydonida qaynoq mavsumning ilk tadbiri Tashkent Flower fest-2022 bo`lib o`tadi.
Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu tadbirni bezash uchun 2 milliondan ortiq gullardan foydalaniladi.
Shuningdek, maydonda eng mashhur, ulkan daraxtlar – yapon sakurasi, Madagaskar baobabi va o`zbek chinorining sun`iy nusxalari to`liq o`lchamda o`rnatilib, namoyish etiladi. “Yangi O`zbekiston” bog`ida qad ko`targan stela shaklidagi minora ham gullar bilan o`ziga xos bezatiladi.






